Gilam qadam tovushlarini yutib, uyni issiq tutadi. Shuningdek, ushbu jihoz chang ham yigʻadi. Yil davomida 2-3 kilogramm chang yigʻishi kuzatilgan.

Yil davomida yigʻilgan changlar orasida minglab parazitlar yashaydi. Ularni esa faqat mikroskopda koʻrish mumkin. Ular allergiya, astma va nafas olish muammolarini keltirib chiqaradi.

Albatta, har kuni tozalash ishlari olib boriladi. Faqatgina gilam sintetik materiallardan boʻlsa, u sogʻliqqa jiddiy zarar keltirishi mumkin. Polipropilen, akril, poliuretan, vinil, neylon – bularning barchasi inson salomatligi uchun zarar. Gilam yangi paytda zaharli moddalar intensiv ravishda ajralib chiqadi.

Shuning uchun yangi gilamni bir hafta davomida hech kim yashamaydigan joyga yoyish kerak. Garchi zaharlar butunlay yoʻqolib ketmasa-da, ularning konsentratsiyasi sezilarli darajada kamayadi.