Gilosning qanday foydali xususiyatlari bor?

    Gilosda mavjud bo'lgan antosiyaninlar yurak uchun ham foydalidir

    Agar foydali boʻlsa, isteʼmol qilishni yoqtiradigan mevalarni tatib koʻrish juda ham yoqimli. Buning mavsumi allaqachon boshlangan gilos nisbatan aytish mumkin. U boshqa mavsumiy mevalarni koʻp jihatdan ortda qoldiradi, organizm uchun juda foydali, shirinlik va boshqa gazaklar uchun ajoyib oʻrinbosar boʻlishi mumkin. The Symbol nashri ushbu mevaning foydali tomonlari va nima uchun uni ratsionga kiritish kerakligini maʼlum qildi.

    Juda koʻp kletchatkani oʻz ichiga oladi

    Kuniga tavsiya etilgan 25-30 gramm kletchatkani qabul qilish har doim ham oson emas, lekin organizm muhtoj boʻlgan juda foydali mikroelementdir. Bir stakan gilosda 3 gramm kletchatka bor, shuning uchun meva uning ajoyib manbayi hisoblanadi. Kletchtakaga boy ratsion sogʻlom tana vaznini saqlashga yordam beradi, ichak salomatligini yaxshilaydi, xolesterin va yurak xastaliklari xavfini kamaytiradi va hatto qonda shakar darajasini nazorat qiladi.

    Yalligʻlanishga qarshi vosita

    Mushaklar yoki boʻgʻimlar ogʻriyaptimi? Gilos ogʻriqni yengillashtiradigan shirinlikdir. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, gilos antosiyaninlarga, “Ibuprofen” dorilar kabi toʻqimalarning yalligʻlanishiga qarshi kurashadigan polifenollar guruhiga boy.

    Yurak salomatligi uchun foydali

    Gilosda mavjud boʻlgan antosiyaninlar yurak uchun ham foydalidir. Olib borilgan izlanishlar natijasida, bu moddalar yalligʻanishni kamaytirish va sogʻlom arterial funksiyani ragʻbatlantirish orqali yurak kasalliklarining oldini olishda ahamiyatli ekani aniqlandi.

    Uyqu sifatini yaxshilaydi

    Maʼlumotlariga koʻra, gilos melatonin gormonining tabiiy manbayi boʻlib, u organizmning ichki soatini boshqarishga va uyqu sifatini oshirishga yordam beradi. Har kuni 25 dona gilos isteʼmol qilish uch kun ichida sogʻlom va uzoqroq uxlashga yordam beradi. Milliy uyqu fondi maksimal foyda olish uchun yotishdan oldin qisqa vaqt ichida gilos isteʼmol qilishni tavsiya qiladi.