Ohangaron hududida tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan reyd oʻtkazildi.

Bu haqda Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish boshqarmasi axborot xizmati xabar beradi.

Xususan, oʻrganish davomida “Tut” MFY Shovvozsoy hududida belgilanmagan joyda hech qanday ruxsatnomasiz qush tutish uchun tuzoq oʻrnatilgani aniqlangan.

Reyd natijasida mazkur ishlar fuqaro N. Turunov hamda Y.Ermatov tomonidan amalga oshirilgani maʼlum boʻlgan.

“Fuqarolarning har biriga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 90-modda birinchi qismi bilan 1 million 350 ming soʻmdan jarima qoʻllanildi”, deyiladi xabarda.