“Gʻishtkoʻprik“ bojxona postdan fuqaro “ozdiruvchi kofe mahsulotlari“ olib oʻtmoqchi boʻldi

    “Gʻishtkoʻprik“ chegara bojxona post orqali piyoda holda kirib kelgan fuqaroning yonidan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan 14 dona koʻk rangli paketlarga solingan “ozdiruvchi kofe mahsulotlari“ borligi aniqlandi.

    Qayd etilishicha, Bojxona qoʻmitasi Markaziy laboratoriyasining xulosasiga koʻra, jami 3 221, 36 gramm boʻlgan vazn yoʻqotish uchun moʻljallangan “kofe mahsulotlari“ tarkibida “sibutramin“ kuchli taʼsir qiluvchi moddasi borligi aniqlandi.

    Maʼlumot uchun: “Sibutramin“ moddasi- 2019-yil 27-sentyabrda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida kuchli taʼsir etuvchi moddalar aylanishini tartibga solish toʻgʻrisida“gi 818-son qarorida keltirilgan roʻyxatga koʻra, respublika hududiga muomalasi cheklangan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarga kiritilgan.

    Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.