Bu haqda Bojxona qoʻmitasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, shu vaqtga qadar jismoniy shaxslar uchun tadbiq etilgan ikki yoʻlakli — “yashil” va “qizil” yoʻlak tizim endilikda yengil avtotransport vositalari uchun ham joriy qilinadi.
Buning uchun aynan ushbu postga nafaqat respublikada, balki mintaqada ilk bor yengil avtotransport vositalari uchun moʻljallangan “Z portal” skaner majmuasi oʻrnatildi.
Postda navbatlarning oldini olish maqsadida 16 ta avto yoʻlak qurildi, avtobuslar ham alohida yoʻlaklarda harakatlanadi.
Natijada, post orqali bir kunda 1500 dan ziyod avtotransport vositalari va 50 ming nafardan ziyod yoʻlovchilar bemalol harakatlanishi mumkin.
Postda “yashil energiya”dan foydalanishga alohida eʼtibor qaratildi. Quyosh panellari bir vaqtning oʻzida energiya bilan taʼminlaydi va avtoturargoh vazifasini ham oʻtaydi.
Postni qayta qurish jarayonida mavjud daraxtlar saqlab qolindi va qurilish-loyihalash ishlari daraxtlar joylashuvidan kelib chiqib amalga oshirildi.
Shuningdek, joriy kuzgi mavsumning oʻzida yana 2 mingta koʻchatlar ekildi.








