баннер
12 Mar 2025
04:33

    “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti 5-fevraldan eʼtiboran 4 oyga yopiladi!

    Cheklov mazkur postdagi ulkan qurilish va rekonstruksiya ishlarini mantiqiy nihoyasiga yetkazish maqsadida amalga oshirilmoqda.

    Xususan, postda vaqtinchalik binolarni demontaj qilish, hududni obodonlashtirish, postga tutash hududda zarur infratuzilmani tashkil etish nazarda tutilgan.

    “Gʻishtkoʻprik” chegara posti orqali harakatlanayotgan fuqarolar va transport vositalarining harakati 2025-yilning 5-fevral kunidan “Navoiy” chegara bojxona postiga yoʻnaltiriladi!

    Yangidan zamonaviy tarzda bunyod etilgan “Navoiy” chegara bojxona posti ham Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan boʻlib, “Gʻishtkoʻprik” postiga yaqin hudud hisoblanadi.

    Jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar va avtobuslar harakati uchun qulay boʻlishini taʼminlash maqsadida “Navoiy” chegara bojxona postida yuk avtotransport vositalari harakati cheklanadi!

    Taʼkidlash joizki, qurilish davrida bojxona postida yoʻlovchilar va transport vositalari harakati uzluksiz davom ettirildi. Buning uchun vaqtinchalik inshootlar ishga tushirilgan edi.

    Endilikda mana shu inshootlar demotaj qilinadi, atrof obodonlashtiriladi, qulay infratuzilma shakllantiriladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech