“Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postida fuqaro bel va oyoqlari orasida yashirincha dori olib oʻtmoqchi boʻldi

    Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

    Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi.

    Qayd etilishicha, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona post orqali qoʻshni mamlakatdan yurtimizga kirib kelayotgan fuqaro xatti-harakatlari bojxona xodimlarining eʼtiborini tortgan.

    Oʻtkazilgan shaxsiy koʻrik natijasida ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan hamda deklaratsiyalanmagan, xorijda ishlab fuqaro oʻz tanasining bel va oyoq qismlariga oldindan yashirib olingan 116 mln soʻmlik dori vositalari borligi aniqlandi.