Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, 3 metr uzunlikdagi mazkur ilon dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yoʻlbarssimon albinos boʻgʻma iloni boʻlib, asosan Janubiy va Janubiy-sharqiy Osiyoda yashaydi.

Xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilganligi sababli mazkur jonivorni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda xalqaro CITIES ruxsatnomasi talab etiladi. Ammo, yuqoridagi holatda yoʻlovchi bu kabi hujjatlarni bojxona xodimlariga taqdim qila olmadi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ilon esa Toshkent hayvonot bogʻiga topshirilgan boʻlib, mutaxassislar uning holatini barqaror deb baholashmoqda, — deyiladi xabarda.