“Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postida nega tirbandlik yuzaga kelmoqda?

    Ijtimoiy tarmoqlarda “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postida kuzatilayotgan tirbandliklar keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

    Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining xabar berishicha, ayni kunlarda “Navoiy” chegara bojxona postida zamonaviy bojxona posti qad rostlayotgani sababli mazkur postning faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan.

    Shu sababli asosiy oqim “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postiga toʻgʻri kelmoqda.

    “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti orqali bir kunda 30 mingdan 35 ming nafargacha fuqaro va 1000 dan oshiq transport vositasi xarakatlanmoqda.

    Fuqarolar va transport oqimining yildan yilga koʻpayib borayotganligini inobatga olgan xolda mazkur postni kengaytirish maqsadida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

    Chegara bojxona posti butunlay zamonaviy qiyofa kasb etadi. Rekonstruksiya ishlari joriy yilning oktyabr oyida toʻgatilishi rejalashtirilgan.