Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Bojxona koʻrigi natijasida, avtotransport vositasining yuk xonasida shaxsiy buyumlar orasida joylashtirilgan, yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan va ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan 1 dona patronlar uchun moslama, 1 250 dona 4,4 kalibrli pnevmatik quroldan otish uchun oʻqlar, 25 dona ov uchun gilzalar, 103 dona 16 kalibrli gilzalar hamda 500 dona 4.5 kalibrli oʻqlar borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasining qurol toʻgʻrisidagi qonuniga muvofiq fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini davlatimiz hududiga olib kirish, olib chiqish va tranzitini amalga oshirishda, tegishli organlar ruxsatnomalariga koʻra amalga oshiriladi, — deyiladi xabarda.