Qayd etilishicha, yurtimizga oʻtish uchun “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilganda uning oyogʻi va ichki kiyimlariga skotch bilan oʻrab yashirilgan umumiy ogʻirligi 450 gramm zargarlik buyumlarini fosh etildi.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Amaldagi tartiblarga muvofiq, jismoniy shaxslar bojxona chegarasi orqali bojxona toʻlovlarisiz, yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatgan holda umumiy ogʻirligi 65 grammdan koʻp boʻlmagan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini olib kirishlari mumkin.