Tezkor xodimlar tomonidan oldindan olingan ma’lumotlar asosida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aynalishining oldini olish maqsadida fuqaro arizasiga binoan “nazorat ostida yetkazib berish” tezkor tadbiri amalga oshirildi.

Navoiy viloyati “Qizilqum” cho‘lining Qozog‘iston Respublikasi Qizil Orda tumani bilan chegaradosh hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, chegara simi yonida ko‘mib, ustiga qurigan saksovul shoxlari terib, yashirib qo‘yilgan qog‘oz quti topildi. 

Tadbir ishtirokchilari tomonidan ushbu qog‘oz quti ochib ko‘rilganida ichida 1200 konvalyutada jami 12000 dona “Tramadol lannaxer 50 mg.” yozuvli dori vositalari borligi aniqlandi. 
Dori konvalyutalariga yopishgan chang va loydan payqash mumkinki, giyohvandlik vositalari egasini biroz vaqt kuttirib ham qo‘ygan. 

Shundan so‘ng, mazkur giyohvandlik dori vositalarining asl egasini aniqlash maqsadida tezkor tadbir davom ettirildi.

To‘rtko‘l tumani Dehkon bozori avtoturargohida fuqaro K.K 1 dona PET qopqa o‘ralgan 1200 konvalyutada 12000 dona “Tramadol lannaxer 50 mg.” dori vositalarini arizachi fuqarodan qabul qilib olib, o‘ziga tegishli bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtotransport vositasi yoniga borganida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi.

Eksperiza hulosasiga ko‘ra, ushbu ashyoviy dalil sifatida olingan 1200 konvalyutada jami 12000 dona “Tramadol lannaxer 50 mg.” dori vositalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.10.2018 yildagi 878-son qaroriga ko‘ra, Respublika hududida muomalasi cheklangan giyohvand vositalari ro‘yxatiga kirishi hamda uning sof og‘irligi 600 gr.ga teng ekanligi tasdiqlandi.

Ma’lumot tariqasida, mazkur fuqaro ilgari ham jinoyat sodir qilgan bo‘lib, o‘ziga berilgan jazodan munosib xulosa chiqarmagan ko‘rinadi.  Endi esa ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.