2020-yilning 10-iyul kuni soat 12:30 da IIB xodimlari tomonidan Samarqand shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirida 38 yoshli U.D. 0,59 gramm «Gashish» giyohvandlik vositasini 500.000 soʻmga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida ushlanib, tadbirda ishlatilgan 250.000 soʻm pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (koʻp miqdorda giyohvandlik vositasini oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Jinoyat ishi boʻyicha U.D., ga tegishli modda bilan ayb eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Ammo dastlabki tergov jarayonida U.D. “Covid-19” kasalligi bilan xastalanganligi aniqlanib, zudlik bilan unga nisbatan qoʻllanilgan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi “munosib xulq-atvorda boʻlish haqidagi tilxat” ehtiyot chorasiga almashtirilgan, U.D. karantinga olingan.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti