Nature Communications jurnaliga ko'ra, sayyoramiz bo'ylab bo'ron faolligining ortishi kuzatilmoqda. Okean to'lqinlarining tebranishlari kuchaymoqda, ular pastki jinslarni “silkityapti”.
Bo'ronli okean to'lqinlari natijasida hosil bo'lgan seysmik shovqin global mikroseys deb ataladi. Bu doimiy shovqin bo'lib, uni to'lqinlar ikki xil usulda hosil qiladi.
Ulardan biri – 8 dan 14 soniyagacha bo'lgan davrlarga ega pulsatsiya. Bu holda to'lqinlar turli yo'nalishlarga yo'naltiriladi, o'zaro ta'sir qiladi, ular okean tubida bosimning o'zgarishiga olib keladi.
Signalning yana bir turi dengiz tubida surish va tortishish ta'sirida harakatlanuvchi to'lqinlardan hosil bo'ladi. Odatda, jarayon taxminan 300 metr suv chuqurligi bo'lgan joylarda sodir bo'ladi, chunki chuqurlik oshgani sayin suvning harakati tezda zaiflashadi.
Oxirgi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, o'tgan asrning oxirida global okean to'lqinlari energiyasi har yili o'rtacha 0,27 foizga oshgan. Bu asrda o'rtacha yillik o'sish 0,35 foizgacha ko'tarildi.
Olimlar tushuntirishicha, sayyoramizdagi harorat ko'tarilmoqda, okean issiqlikni faolroq o'zlashtiryapti. Shuning uchun “energiya talab qiladigan” to'lqinlar harakatchan. Oqibatda, Yerning seysmik faolligi, shu jumladan qirg'oq chizig'iga vayron qiluvchi ta'sir kuchaymoqda, deb xabar beradi planet-today.ru.









