Okeanlar tusining o'zgarishi fitoplanktonning tarqalishi bilan bog'liq. Mikroskopik suv o'tlari populyatsiyasi isish tufayli ko'payib boryapti. Ular fotosintez uchun xlorofilldan foydalangani uchun yashash joylari ham yashil rangga ega bo'ladi.
Olimlar fitoplankton konsentratsiyasining oshishi okean ekotizimlariga ko'plab nojo'ya ta'sirlarni keltirib chiqarishi haqida ogohlantirdi. Shunday qilib, ular suvdan kislorod olib, “o'lik zonalar” hosil qilishadi. U yerda yashovchi turlar ommaviy ravishda ko'chib o'tadi, harakatlana olmaydiganlari (masalan, marjonlar) nobud bo'ladi.
Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, atigi 20 yil ichida dunyo okeanining 56 foizdan ortig'i yashil tusga kirdi. Bu hudud sayyoramizdagi quruqlik maydonidan katta. “Yashillashish” ayniqsa ekvator mintaqasida yaqqol sezildi, deb xabar beradi mir24.tv.