Tegishli vazirliklar, biznes birlashmalari vakillari, tadbirkorlar, iqtisodchilar, hunarmandlar, xorijlik mehmonlar, yoshlar ishtirok etgan “Global tadbirkorlik” haftaligining birinchi kunida qishloq xo'jaligi muammolari muhokama qilindi.
Davlatning iqtisodiy barqarorligi tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatining erkinligiga ham bog'liq. Har bir mamlakat uchun agroiqtisod va qishloq xo'jaligi mahsulotlarining foydali va shu bilan birga, xavfsiz bo'lishi muhim sanaladi.
Qishloq xo'jaligi vaziri o'rinbosari Alisher To'rayev nazariyani amaliyotga yaqinlashtirish zarurati, fermer xo'jaliklariga kichik brigadalarni biriktirib, maslahat berish mexanizmini yo'lga qo'yish lozimligi xususida so'z yuritdi. Yerdan unumli foydalanib, issiqxonalarda mahsulotlarni tizimli yetishtirish orqali hosilni bir necha barobarga oshirish texnologiyalariga ham to'xtalib o'tdi.
Shuningdek, haftalik doirasida seminar-treninglar tashkil etildi. Seminarda TEAM va Vebster universiteti talaba-yoshlari qatnashdi. Ularga hindistonlik mutaxassis, doktor Chaturvedi Sanjeyev qishloq xo'jaligi muammolari haqida Gujarod misolida ma'ruza qildi. O'zbek-hind tadbirkorlikni rivojlantirish markazi maslahatchisi agrosanoatda hosilni muzlatish tizimi haqida ham fikr bildirdi.
Yoshlar ishlari agentligi
axborot va media xizmati