Mazkur anjumandan koʻzlangan maqsad – keyingi oʻn yilliklar davomida Osiyo qitʼasi mamlakatlarida konstitutsionalizm barpo etish borasida erishilgan natijalar yuzasidan oʻzaro axborot va tajriba almashishdan iborat.
Videokonferensiya tarzida boʻlib oʻtgan anjumanda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov ishtirok etdi va maʼruza qildi.
A.Saidov anjuman ishtirokchilariga hozirgi dunyoda Konstitutsiyaning tutgan oʻrni va ahamiyati, shuningdek, konstitutsiyaviy islohotlarning asosiy modellari toʻgʻrisida soʻzlab berdi. U Markaziy Osiyo mamlakatlari konstitutsiyaviy taraqqiyotining oʻziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritar ekan, Oʻzbekistonning bu boradagi tajribasiga alohida toʻxtaldi.
Konferensiya ertaga, 15-fevral kuni oʻz ishini davom ettiradi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.