Italiyaning Tuttosport nashri Yevropada yilning eng yaxshi yosh futbolchisi – Golden Boy sovrini uchun kurashayotgan 25 futbolchi nomini eʼlon qildi.
Roʻyxatda quyidagi futbolchilar oʻrin olgan:
Jud Bellinghem (“Real”), Jamol Musiala (“Bavariya”), Xavi Simons (“Leypsig”), Antoniu Silva (“Benfika”), Aleks Balde (“Barselona”), Florian Virts (“Bayer”), Benyamin Sheshko (“Leypsig”), Jorjo Skalvini (“Atalanta”), Rasmus Hoylund (“Manchester Yunayted”), Livay Koluill (“Chelsi”), Yohan Bakayoko (PSV), Milosh Kerkez (“Bornmut”), Artur Vermeren (“Antverpen”), Evan Fergyuson (“Brayton”), Lyuka Gurna-Duat (“Zalsburg”), Uorren Zair-Emeri (PSJ), Usmon Diomande (“Sporting”), Arnau Martines (“Jirona”), Matis Tel (“Bavariya”), Andi Diuf (“Lans”), Arda Gyuler (“Real”), Bilol Al Hannus (“Genk”), Martin Baturina (“Dinamo” Z), Joau Nevesh (“Benfika”), Lamin Yamal (“Barselona”).
Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, bu sovrin hali 21 yoshga toʻlmagan Yevropaning eng yaxshi futbolchisiga beriladi. Taqdirlash marosimi 4-dekabr kuni Turin shahrida boʻlib oʻtadi.