“Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarining ijrosi: muammo va tajriba” mavzusidagi tadbirda tashkilotchilar, NNT hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik boʻyicha Jamoat komissiyasi raisi Vasila Alimova ochib berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining bosh mutaxassisi Umida Xolbekova ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-martdagi “2021-2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5012-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Tadbir davomida NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uchun eʼlon qilgan davlat granti tanlovining gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Eslatib oʻtamiz, tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi munosabati bilan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan eʼlon qilingan.

Tadbir yakunida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Jamoat fondi direktori Hayotxon Qoʻchqorova Ijtimoiy sheriklik boʻyicha Jamoat komissiyasi va Jamoat fondi tomonidan 2021-yilga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarini ijrosi toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtdi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.