Golovkin Saul Al`varesga mag'lub bo'ldi

    Sport 18 Sentabr 2022 1200

    AQSHning Las-Vegas shahridagi "T-Mobile" arenasida millionlab boks ixlosmandlari orziqib kutgan professional boks kechasi poyoniga etdi.

    Kechaning markaziy jangi qozog'istonlik Gennadiy Golovkin va meksikalik Saul Al`vares qarama-qarshiligida bo'lib o'tdi.

    Jang 12 raund davom etdi. Unda Saul Al`vares ochkolar hisobida (116:112, 115:113, 115:113) Golovkinni mag'lub etdi hamda o'ziga tegishli bo'lgan super o'rta vazndagi WBA, WBC, WBO va IBF kamarlarini saqlab qoldi.

    Mazkur boks kechasida bir qator uchrashuvlar ham o'tkazildiki, o'zbekistonlik boks ixlosmandlari diqqat markazida bo'lgan bahslardan biri qozog'istonlik Ali Ahmedov va bir paytlari kutilmaganda hamyurtimiz Bektemir Meliqo'zievni mag'lub etgan Gabriel` Rosado o'rtasida kechdi.

    Bu safar Rosadoning omadi chopmadi. Ali Ahmedov ochkolar hisobida ustun keldi.