“Roatan orolidagi aviahalokatda 12 kishi hayotdan ko'z yumdi va besh kishi tirik qoldi”, deya xabar berdi Gonduras milliy politsiyasi X ijtimoiy tarmog'ida. Qayd etilishicha, qutqaruvchilar bortda bo'lgan yana bir kishini qidirmoqda.
Lanhsa aviakompaniyasiga tegishli samolyot dushanba kuni kechqurun Roatan orolidagi Xuan Manuel Galves aeroportidan havoga ko'tarilganidan so'ng dengizga qulab tushgan. Respublika politsiyasi ma'lumotlariga ko'ra, halokatga 33 yo'lovchiga mo'ljallangan Jetstream 41 samolyotida parvoz paytida mexanik nosozlik yuz bergani sabab bo'lgan. Samolyot uchish-qo'nish yo'lagidan taxminan 1 kilometr uzoqlikda dengizga qulab tushgan, deb xabar beradi tass.ru.