Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, yongʻin mahalliy vaqt bilan soat 23:11 da boshlangan, voqea joyida oʻt oʻchiruvchilar yongʻinga qarshi kurashmoqda. Qurbonlar haqida xabar berilmagan. Yongʻin birinchi boʻlib bino tepasidagi qurilish zinasi yonida aniqlangan, olov uchqunlari qoʻshni koʻchalarni yoritmoqda. Taxminan bir soat oʻtgach, yongʻin bino uzunligi boʻylab tarqalgan.
Qurilayotgan bino 42 qavatli “port belgisi” sifatida eʼtirof etilayotgan edi. 764 million dollarlik bino qurilishi loyihasi 2019-yilda boshlangan va dastlab 2023-yilning birinchi yarmida yakunlanishi kutilgandi









