U Speedometer 3.0 benchmarkiga ko'ra raqobatchilar orasida eng yuqori ballni ko'rsatdi.
Speedometer 3.0 veb-brauzerlarning zamonaviy veb-ilovalar bilan qanchalik samarali ishlashini foydalanuvchilarning real hayotdagi harakatlarini taqlid qilish orqali tahlil qiladi. Speedometer 3.0 samaradorligi IT yetakchilari Apple, Google, Microsoft va Mozilla bilan hamkorlik natijasidir.
Google Chrome yutuqlari uning Chromiumga asoslangan raqobatchilarini “harakatga keltiradi”. Biroq, Google Chromening ustunligi shunchalik kattaki, yaqin kelajakda hech kim uning peshqadamligiga ta'sir ko'rsata olmaydi. Hozirda Google Chrome global brauzer bozorining 65 foizdan ortig'ini egallaydi, uning eng yaqin raqobatchilari Apple Safari va Edge esa bu borada mos ravishda 18,2 va 5,2 foiz ko'rsatkichni qayd etishdi, deb xabar beradi techcult.ru.