Google Gemini platformasiga oʻzbek tili rasman qoʻshildi

    Google Gemini sunʼiy intellekt platformasida oʻzbek tili rasman joriy etildi.

    Bu haqda Toshkentda boʻlib oʻtgan “Sunʼiy intellekt davrida yetakchilik: strategiya va innovatsiya” panel sessiyasida Google Cloudning hukumatlar bilan aloqalar va davlat siyosati boʻyicha rahbari Marina Junich maʼlum qildi.

    Ushbu yangilik Oʻzbekistonda raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirishda muhim qadam boʻlib, mahalliy mutaxassislar, tadbirkorlar va aholi uchun zamonaviy SI yechimlaridan ona tilida foydalanish imkoniyatini yaratadi.

    Tadbirda shuningdek, Oʻzbekistonning raqamli transformatsiya jarayonlari, sunʼiy intellekt sohasidagi global tendensiyalar va xalqaro hamkorlik masalalari ham keng muhokama qilinmoqda.