Google xaritalarida Amerika ko'rfazi nomi aks eta boshladi

    Google rasmiy ravishda Meksika ko'rfazining nomini Amerika ko'rfaziga o'zgartirishni boshladi.

    Yangi nom allaqachon AQShda Google xaritalarida aks eta boshladi.

    Bu haqda kompaniya bayonotida aytiladi.

    Nashrning qayd etishicha, AQShda Google Mapsdan foydalanayotganlar Amerika ko'rfazi variantini, Meksikadagilar Meksika ko'rfazini, qolganlar esa ikkala nomni ham ko'radi, ulardan biri qavs ichida yoziladi.

    Eslatib o'tamiz, avvalroq AQSh Prezidenti Donald Tramp Meksika ko'rfazining nomini Amerika ko'rfaziga o'zgartirish jarayonini boshlashni nazarda tutuvchi farmonni imzolagan edi. Oq uy rahbari dalil sifatida bu “dunyodagi eng katta ko'rfaz” ekanligini va “Amerika iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo'lib qolayotganini” ta'kidladi, deb xabar beradi report.az.