Ushbu kompaniyaning rahbari АQShning sobiq prezidentining ukasi Nil Bush ekanligi uning koʼlamidan dalolat beradi. Biroq, Gordon Tang biznesdan tashqari vindsyorfingga qiziqadi va hatto bu bilan 1980 yillarda professional tarzda shugʼullangan.

Nima uchun biz Forbes roʼyxatining bu aʼzosi haqida soʼzlab bermoqdamiz? Chunki, u Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti sifatida Oʼzbekistonga OOK Ijroiya qoʼmitasi yigʼilishida qatnashish uchun tashrif buyurdi.

Shu bilan birga, koʼpchilik qatori unda ham Toshkentda 2025-yilda oʼtkaziladigan yoshlar Osiyo oʼyinlariga tayyorgarchilik loyihasining taqdimoti katta taassurot qoldirdi.

Chunki Tangning oʼzi ham 2029-yilda Kambodjada shunga oʼxshash Oʼyinlarni oʼtkazish uchun shaxsan javobgar.