Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

“Yallama-terminal” bojxona punktiga kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi “Gazel” rusumli avtotransport vositasidagi kuryerlik joʻnatmalar bojxona nazoratidan oʻtkazilgan.

Bojxona koʻrigi natijasida avtotransport vositasiga yuklangan tovarlar orasida goʻsht mahsulotlar ichiga xufiyona yashirilgan jami 14 qutida 350 dona ov quroli uchun gilzalar borligi aniqlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.