Tadbir davomida oldindan kuzatuvda boʻlgan fuqaro boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli transport vositasi belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi.
Koʻzdan kechirish natijasida, transport vositasining orqa yukxonasida polietilen paketga oʻralgan goʻsht mahsuloti ichiga yashirib qoʻyilgan jigar rangdagi oʻtkir hidli mumsimon modda borligi aniqlandi.
Oʻtkazilgan ekspertiza tekshiruvlari natijasida mazkur modda 108 gr.ogʻirlikdagi “opiy” giyohvandlik vositasi ekanligi maʼlum boʻldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.