Toshkent viloyati IIBB mazkur holat oʻrnilganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, voqea 2025-yilning sentyabr oyida Yangiyoʻl shahri “Sabo” mahallasida yashovchi, 27 yoshli fuqaro tomonidan sodir etilgan.
Hozirda hududiy ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushbu shaxs ushlanib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 111-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish, ularning oʻlimiga yoxud mayib boʻlishiga olib kelsa, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravarigacha miqdorda jarima yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻlishi eslatildi.
Ichki ishlar bosh boshqarmasi, jamiyatimizdagi voqea-hodisalarga nisbatan befarq boʻlmagan, faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etayotgan yurtdoshlarimizga minnatdorchilik bildirdi.