Tibbiyot fanlari nomzodi, dietolog Inna Kononenkoning aytishicha, to'g'ri ovqatlanish tufayli go'sht iste'mol qiluvchilar vegetarianlarga qaraganda ko'proq umr ko'rishadi.

"Bizning tanamizda hamma narsa oqsildan iborat. Vegeterianlar har doim ham protein etishmasligining oqibatlarini darhol ko'ra olishmaydi. YOsh o'tgani sari bu bilina boshlaydi", — deya tushuntirdi u.

Uning so'zlariga ko'ra, ma'lum bir organik birikma bo'lmasa, ma'lum bir oqsilni ajratish va assimilyatsiya qilish jarayoni buziladi, bu sochlar, tirnoqlar o'sishi, ko'rish, terining va qon tomirlarining yomonlashishiga olib keladi.

Kononenko tananing ikki ko'rsatkichiga e'tibor qaratdi. Birinchisi, qon tomir devorining qalinligi. Vegeterianlar ko'p miqdordagi xolesterolni iste'mol qilmasliklari sababli, bu devor go'shtni iste'mol qiluvchilarnikiga qaraganda yuqaroq bo'ladi.

"Agar go'sht iste'mol qiladigan kishi B12, D3, K2 vitaminlarini etarli miqdorda iste'mol qilsa, unda ushbu kompleksning qalinligi oshmaydi", deb ta'kidladi shifokor.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, qarishning ikkinchi belgisi bo'lgan mitoxondrial funktsiya vegetarianlarda go'sht iste'mol qiluvchilarga qaraganda yomonroq ishlaydi. Buning sababi, go'sht l-karnitin manbai, mitoxondriyalarning ishlashi uchun zarur bo'lgan modda. SHuningdek, bizning proteinimiz sintezini tavsiflovchi ko'rsatkich mavjud. Afsuski, vegetarianlar hamma moddalarni ham olavermaydi", — dedi Kononenko.

Dietolog go'sht iste'mol qiluvchilarga ham, vegetarianlarga ham vitamin va mikroelementlar etishmasligidan saqlanishni tavsiya qildi.