Grant mablag‘lari 10 million AQSH dollari bo‘lgan loyihaga start berildi

    O‘zbekiston yoshlarini kasbga yo‘naltirish, moliyaviy savodxonligini oshirish hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan grant mablag‘lari 10 million AQSH dollari bo‘lgan loyihaga start berildi.

    Qiymati 10 million AQSH dollari (grant mablag‘lari) bo‘lgan O‘zbekistondagi yoshlarni ishga joylashtirish uchun ko‘nikmalar (Uzbekistan Youth Employment Skills, “YES”) dasturi”ga start berildi.

    AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) hamda bir qator tashkilotlar ko‘magida 5 yillik dastur ishlab chiqiladi, dastur O‘zbekistondagi umumta’lim maktab o‘quvchilarning qiziqishlarini aniqlash, ularni kasbga yo‘naltirish, moliyaviy savodxonligini oshirish hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi.

    Loyihani amalga oshirishda o‘quvchi qizlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda imkoniyati cheklangan yoshlarni hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilgan.

    YES dasturi orqali umumta’lim maktablaridagi Iqtisodiy bilim asoslari hamda Tadbirkorlik asoslari fanlarining o‘quv dasturlari va darsliklari mazmunan qayta ko‘rib chiqilib, o‘qituvchilar malakasini oshirish amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.