Ilgʻor korxonalar mustaqil ravishda tashqi bozorlarga chiqib, toʻgʻridan-toʻgʻri mablagʻ olib kelishni boshlagan.
Savdo-sanoat palatasida Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga koʻmaklashish markazi tashkil qilindi.
Yil yakunigacha kamida 200 ta tadbirkorni xalqaro moliya bozoridan 2 milliard dollar jalb qilishga tayyorlash muhimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, bu yil OKMK 1 milliard, NKMK 500 million, “Navoiyuran” va “Oʻzmetkombinat” har biri 300 million dollarlik yevrobond joylashtirishi zarurligi koʻrsatib oʻtildi. “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports”, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi ham xalqaro reyting olib, tashqi bozordan jami 700 million dollar olib kelishi muhimligi taʼkidlandi.
2025-yil uchun 2 milliard dollar grant olish boʻyicha har bir vazirlik, tarmoq va hududlarning rejalarini shakllantirish topshirildi.