Grant taqsimoti uchun ariza berish 10-avgustga qadar davom etadi

    Davlat qabul komissiyasining bayoniga asosan, 2024/2025-oʻquv yilida oʻqishga qabul qilingan talabalar uchun taʼlim grantlarini qayta taqsimlash boʻyicha talabgorlarni roʻyxatdan oʻtkazish muddati 2025-yil 10-avgustga qadar uzaytirildi.

    Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, grant taqsimlash uchun ariza berishga ulgurmay qolganlar 10-avgustgacha hujjatlarini taqdim etishi mumkin. Arizalar oliygohlarning veb-saytlari orqali yoki kontrakt.edu.uz saytida qabul qilinmoqda.

    Talabalar ariza berishda 3 xil grantdan birini tanlashi kerak:

    • Toʻliq va toʻliq boʻlmagan grant (GPA 3,5 dan baland);
    • Qoʻshimcha davlat granti (faqat ijtimoiy himoya reyestrida “qizil” va “sariq” toifadagi oilalar aʼzolari uchun, GPA 4 dan baland);
    • OTM granti (GPA 3,3 dan 4 gacha).

    Imtiyozli yoki maqsadli grantga kirganlar, shuningdek, sirtqi, kechki va masofaviy shaklda oʻqiydiganlar ariza yubora olmaydi.