Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
Unga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida davlat grantlari asosida o‘qiyotgan bitiruvchilar ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarga kamida 3 yil ishlab berish sharti bekor qilinmoqda.
Agar bitiruvchi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriati va magistraturasida davlat grantlari asosida o‘qigan taqdirda, uning ishlab berish majburiyati davomiyligi ta’lim yo‘nalishi xususiyatini hisobga olgan holda Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Muhokamaga 26-martga qadar davom etadi.