Grantga talabgorlar tanlovga taklif etiladi

    Yashil sayyora 6 Aprel 2021 474

    Global Ekologiya Fondining Kichik Grantlar Dasturi (GEF KGD) Oʻzbekistonda 2021—2023-yillar granti uchun tanlov eʼlon qildi.

    PMG GEF — bu ekologik dastur boʻlib, odamlarga tabiat resurslaridan oqilona va ekologik barqaror foydalanishda yordam beradigan aniq texnologiyalar va amaliyotlarni namoyish etadi va tarqatadi. Va albatta bunda oʻz hayoti uchun foyda olish ham koʻzda tutilgan.

    Dasturdan koʻzda tutilgan maqsad — shunday texnologiyalarni topish va tarqatish kerakki, ular odamlar uchun ham, tabiat uchun ham foydali boʻlishi kerak. Shuningdek, shunday amaliyotni nafaqat topish, shuningdek, qoʻllab-quvvatlash va namoyish etish, ularning haqiqiyligini va yashovchanligini koʻrsatish, ular haqida maʼlumotlar tarqatish, ularni kundalik hayotimiz uchun odatiy holatga aylantirish.

    Dastur quyidagi sohalar boʻyicha ishlaydi:

    • biologik xilma-xillikni saqlash (agrobioxilmaxillikni — Oʻzbekistonning qadimiy meva-sabzavotlarini himoya qilish);
    • atmosferaga uglerod yoqilgʻisi yonishi natijasida hosil boʻladigan gazlarning tarqalish darajasini pasaytirish (har qanday yoʻl bilan: qayta tiklanadigan energiya, energiya samaradorligi, tuproqda yoki daraxtda uglerodning oʻzgarishi va hokazolar);
    • tuproq sifati buzilishining oldini olish va uning xislatlarini tiklash;
    • qishloq xoʻjaligida kimyoviy usullarni muqobil usullarga almashtirish;
    • siklik iqtisodiyotni rivojlantirish;
    • shaharlarga “yashil tus olish”da yordam berish — transport, daraxtlar, shahar taraqqiyoti.

    Grantlar faqat nodavlat notijorat tashkilotlarga taqdim etiladi. Grantning eng koʻp miqdori — 50 ming dollar, deb xabar beradi Global Ekologik Fondning Oʻzbekistondagi Kichik Grantlar Dasturi.