"Green Card-2025"da eng koʻp oʻrinni oʻzbekistonliklar qoʻlga kiritdi

    AQSH hukumatining 2025-yil uchun “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi” — “Green Card” javoblari eʼlon qilindi.

    Qayd etilishicha, Kentukki shtatining Uilyamsburg shahridagi Kentukki konsullik markazi DV-2025 dasturi gʻoliblarini roʻyxatdan oʻtkazdi va eʼlon qilgan roʻyxatida dunyo boʻylab 55 ming kishiga beriladigan ushbu lotereya yutugʻining 5,5 mingdan ziyodrogʻi oʻzbekistonliklarga chiqdi.

    “Green Card” oʻyini orqali AQSHga immigratsiya darajasi past boʻlgan mamlakatlardan kelgan shaxslarga har yili 55 000 tagacha doimiy yashash vizalarini taqdim etiladi.

    Taxminan 131 ming nafar ariza beruvchi roʻyxatga olingan va ularga xabar berilgan.

    Maʼlumotlarga koʻra, roʻyxatda xatolik sabab Oʻzbekiston Yevropa qatoriga kiritilgan. Agar koʻrsatkich Osiyo mamlakatlari qatorida solishtirilsa Oʻzbekiston 1-oʻrinda qayd etilar edi. Undan keyingi oʻrinlarda esa Eron va Afgʻoniston.