Tadqiqotlarga ko'ra, keyingi 100-150 yil ichida Grenlandiya muzliklarining erishi natijasida okeanlar sathining ko'tarilishi kuzatiladi.
Ma'lum qilinishicha, olimlar 2000 — 2019 yillarda muzliklarning holatini tahlil qilgan. Mutaxassislarning bashorat qilishicha, atmosferaga karbonat angidrid chiqindilari kamaymasa, muzliklarning tez erishi dunyo okeanlari sathining 78 santimetrga ko'tarilishiga olib keladi.
Avvalroq NASA 1997 yildan buyon Antarktidaning muz massasi ilgari taxmin qilinganidan ikki baravar kamaygani haqida xabar bergan edi, deyiladi aif.ru saytida.