Gretsiya qirg'oqlari yaqinida yuk kemasi cho'kib ketdi

    Gretsiyaning Lesbos oroli yaqinida tuz ortilgan yuk kemasi cho'kib ketdi. Oqibatda bir kishi halok bo'ldi, 13 kishi bedarak yo'qolganlar ro'yxatiga kiritildi.

    Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, 14 nafar ekipaj a'zosidan biri Gretsiya harbiy-dengiz kuchlari vertolyoti yordamida qutqarib olingan, yana 13 nafarini qidirish ishlari davom etmoqda.

    Kema Misrdan Istanbulga tuz olib ketayotgan edi. Kema Komor orollariga tegishli bo'lib, Livan kompaniyasi tomonidan boshqarilgan. Ekipajning 14 nafar a'zosidan biri Hindiston fuqarosi, 11 nafari Misr va ikki nafari Suriya fuqarosidir.

    “26-noyabr kuni ertalab soat yettida kema ekipaji texnik nosozlik haqida xabar berdi, ertalab soat 8.20 da kapitan kema qiyshayganligi haqida xabar berib, yordam uchun signal berdi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, kema Egey dengizida to'fonga duch kelgan va ehtimol unda yoriq paydo bo'lgan”, deb ta'kidladi jurnalistlar.

    Kema ekipajini qidirishda beshta yuk kemasi, port ma'muriyatining uchta qayig'i, bir vertolyot va Gretsiya dengiz floti fregati ishtirok etmoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.