Gretsiyada mashhur bandargoh o'lik baliqlar bilan to'ldi

    Gretsiyaning Volos sayyohlik bandargohi tonnalab o'lik baliqlar bilan to'ldi.

    Aholini chirigan baliqning kuchli hidi tashvishga solmoqda. Hokimiyatdan tezda harakat qilish talab etiladi, chunki hid yaqin atrofdagi restoran va mehmonxonalarga yetib borishi mumkin.

    Rasmiylarning aytishicha, bu hafta 24 soat ichida 40 tonnadan ortiq baliq yig'ilib qolgan, biroq uni yig'ib olish jarayoni haligacha tugallanmagan. Volos meri hukumatni suv ostidagi o'lik baliqlar shahar qirg'oqlariga yetib borguniga qadar muammoni hal qilishni boshlamaganlikda aybladi.

    Shahar hokimi, shuningdek, chirigan baliqlar hududdagi boshqa turlar uchun ham ekologik halokatga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

    Ekologlarning fikricha, muammoga o'tgan yili Volosda sodir bo'lgan suv toshqini sabab bo'ldi. Keyin Bolqon yarim orolining janubidagi, ya'ni Gretsiyadagi tekislik – Fessaliya platosi suv ostida qoldi.

    Chuchuk suvga o'rganib qolgan baliqlar sho'r suvga tushishi oqibatida nobud bo'ldi, bu esa o'lik baliqlarning to'planib qolishi bilan bog'liq holatni keltirib chiqardi, deb xabar beradi vfokuse.mail.ru.