Hodisa Gretsiyaning Peloponnes mintaqasidan taxminan 75 kilometr janubi-g'arbda sodir bo'lgan. Qayiq Liviyadan Italiyaga harakatlangan bo'lishi mumkin.
Qayd etilishicha, qayiq bortida jami 400 dan ortiq yo'lovchi bo'lgan. 104 kishi qutqarib qolingan. Ulardan to'rt nafari kasalxonaga yotqizilgan.
Qutqarilgan muhojirlar Gretsiyaning Kalamanta shahriga jo'natildi. Va bedarak yo'qolganlarni qidirish uchun oltita qirg'oq qo'riqlash kemasi, harbiy fregat va Gretsiya havo kuchlarining bir vertolyoti, shuningdek, bir nechta xususiy kemalar jo'natildi, deb xabar beradi korrespondent.net.