Gretsiyaga qum bo'roni yopirildi

    Kuchli shamol tufayli Sahroi Kabirdan Gretsiya janubiga qum bo'roni yopirildi.

    Gretsiya OAVlarining xabar berishicha, Afina osmoni to'q sariq rangga aylangan.

    Amerikaning NASA Aqua sun'iy yo'ldoshidan olingan suratlar yuqori aniqlikda Afrikadan kirib kelgan changining kuchli to'lqinini ko'rsatadi. Chang O'rta yer dengizining sharqiy qismi, asosan Gretsiyani qoplagan. Biroq, ba'zi shaharlarda harorat 35 darajadan oshdi.

    AccuWeather xizmati ma'lumotlariga ko'ra, Gretsiya janubida havo sifati sezilarli darajada yomonlashgan: chang nafas yo'llari, ko'zga zarar yetkazishi, yo'talni keltirib chiqarishi mumkin. Gretsiya shifoxonalarida nafas olish tizimi kasalliklari bilan og'rigan bemorlar soni ortdi, deb xabar beradi report.az.