Gretsiyalik fermerlar yangi subsidiyalar “izlab”, Afinaga traktorlarda kelishga qaror qilishdi

    Gretsiyalik fermerlar milliy avtomagistrallarni to'sib qo'yishni davom ettirishga va kelasi hafta traktorlarda Afinaga yetib borishga qaror qilishdi.

    Hukumatdan tabiiy ofatlar tufayli zaytun daraxtlarini yo'qotganliklari uchun tovon puli, qishloq xo'jaligi uchun elektr energiyasi va arzonroq yoqilg'i tariflari va ko'proq subsidiyalar talab qilishdi.

    Yo'llarni to'sish va poytaxtga traktorlarda kelish to'g'risidagi qaror Nikeya shahrida bo'lib o'tgan fermerlarning umumiy yig'ilishida qabul qilingan. Dehqonlar chorshanba kunidan boshlab ko'plab joylarda o'z noroziliklarini kuchaytirishga va bir qator milliy va mintaqaviy yo'llarni yopishga qaror qilishdi va kelasi hafta traktorlari bilan Afinaga yetib borishni va u yerda miting o'tkazishni rejalashtirmoqda. Hukumatga mavjud muammolarni muhokama qilishni boshlash va keyingi harakatlarni belgilash uchun oltita asosiy talablar ro'yxati tuzilgan. Fermerlar qishloq xo'jaligi texnikasi uchun soliqsiz yoqilg'i, elektr energiyasining past tariflari, ta'minot va chorva ozuqasi uchun subsidiyalar, hukumatning Yevropa Ittifoqining yangi qishloq xo'jaligi siyosatini amalga oshirish va muzokaralar olib borishdan bosh tortishiga erishish, tabiiy ofatlar tufayli yo'qotilgan daromadlarni 100 foiz qoplashni talab qilmoqda.

    O'z navbatida, Gretsiya hukumati fermerlar avtomobil yo'llarini to'sib qo'ygan sharoitda ular bilan muloqot o'tkaza olmasligini aytdi. Shunga qaramay, Qishloq xo'jaligi vazirligi rahbari Lefteris Avgenakis real qarorlar qabul qilish uchun fermerlarni muhokamaga taklif qildi.

    Avvalroq fermerlar faqat Gretsiya shimolida va Peloponnes yarim orolida yo'llarni to'sib qo'yishgan, shuningdek, Agrotica qishloq xo'jaligi ko'rgazmasi bo'lib o'tayotgan Saloniki xalqaro ko'rgazmalar markazi hududida traktorlarini haydab kelib norozilik bildirishgan, deb xabar beradi report.az