Uning aniqlik kiritishicha, boshqa, jumladan, Fordo va Arakda joylashgan obyektlar, shuningdek, Busher atom elektr stansiyasida hech qanday zarar aniqlanmagan.
“Fordodagi yonilg'i boyitish inshootida yoki qurilayotgan Xondabdagi og'ir suv reaktorida hech qanday zarar qayd etilmagan. Bushehr atom elektr stansiyasi so'nggi hujumlar nishoni bo'lmagan va ular tomonidan zarar ko'rmagan. Xuddi shu narsa Tehron tadqiqot reaktoriga ham tegishli”, deya ta'kidladi Grossi.
Uning so'zlariga ko'ra, Isfaxonda to'rtta bino, jumladan, kimyoviy laboratoriya va uranni qayta ishlash inshootiga zarar yetgan.
Avvalroq Eron Atom energiyasi tashkiloti vakili Behruz Kamolvandiy Isfahondagi yadro inshootdagi omborlarda yong'in chiqqanini ma'lum qilgandi. Shuningdek, u Fordodagi yadroviy inshootga berilgan zarbalar qisman zarar keltirganini aytdi, deb xabar beradi gazeta.ru.