Ayni paytda Ukraina Milliy Islohotlar Kengashi ijroiya qoʻmitasi rahbari lavozimini egallab turgan Saakashvili Yevropadagi har qanday yirik davlatning bosh vaziri lavozimiga nomzod boʻlishi mumkinligini taʼkidladi.

«Ammo biz bu haqda gaplashmasligimiz kerak, lekin Gruziya mamlakat sifatida yoʻq boʻlib ketishi mumkin. Ivanishvili (Bidzina Ivanishvili, Gruziyada hukmron Gruziya orzusi partiyasining asoschisi) mening ismim dunyo radarlaridan yoʻqolishini xohlagan. Men barcha dunyo radarlarida juda aniqman, lekin meni yoʻqotish ortida Gruziya jahon radarlaridan oʻchib ketishi mumkin. Bunga qarshi tezkor harakat kerak. Ushbu saylovlarda Ivanishvili rejimi yakunlanishi lozim », dedi u.

Iyul oyida Saakashvili Gruziya hukumatining qonuniyligini tan olmasligini va oktyabr oxirida mamlakatda boʻlib oʻtadigan parlament saylovlarida faol ishtirok etishini eʼlon qildi. Shundan soʻng Gruziya Tashqi ishlar vazirligi Ukrainaning Tbilisidagi elchisi Igor Dolgovni chaqirtirib, bunday bayonotlarni tushuntirishga undadi.

Oʻz navbatida, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Tbilisidan “ayrim siyosatchilar” soʻzlarini mamlakat pozitsiyasi sifatida qabul qilmaslikka chaqirdi va hamkorlikni taklif qildi.

Gruziya bir necha bor Kiyevning Saakashvilini yangi lavozimga tayinlash qaroridan noroziligini bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, Mixail Saakashvili 2013-yilda Gruziyani tark etib, Ukrainada siyosiy faoliyatini boshlagandi. Ammo u tez orada Ukraina fuqaroligidan mahrum qilindi va mamlakatdan chiqarib yuborildi. Zelenskiy Ukraina prezidenti boʻlganidan keyin, Saakashviliga pasport berilib, qaytib kelishiga ruxsat berilgan. Aprel oyida Ukraina rahbari siyosatchiga bosh vazir oʻrinbosari boʻlishni taklif qildi. Biroq, oxir-oqibat, Saakashvili Milliy Islohotlar Kengashi ijroiya qoʻmitasini boshqarishga rozi boʻlgan.