Gruziya Ichki ishlar vazirligi: namoyishchilar parlament binosiga bostirib kirishga harakat qilishdi

    Xorijiy agentlar haqidagi qonunga o'zgartirish kiritishga qarshi o'tkazilgan uch kunlik namoyishlar davomida Tbilisi markazidagi parlament binosi yonida 40 kishi hibsga olindi.

    Bu haqda Gruziya ichki ishlar vaziri Vaxtang Gomelauri parlamentda ma'lum qildi.

    Unga ko'ra, besh nafar politsiyachi tan jarohati olgan, ulardan ikki nafari shifoxonaga yotqizilgan.

    Miting ishtirokchilari parlament binosiga bostirib kirishni rejalashtirishgan.

    Gruziya parlamenti tuzatishlarni 17-aprel kuni birinchi o'qishda ma'qullagan, shundan so'ng Tbilisida namoyishlar ko'paygan edi, deb xabar beradi report.az.