Voqea joyida qutqaruv guruhlari ishlamoqda. Uskunalar va xizmat itlari safarbar qilingan. Tunda odamlar uxlab yotgan paytda turar-joy binolari orqasida joylashgan tepalikdan tonnalab tuproq qo'chgan. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, bunga hududda uzoq davom etayotgan yomg'ir yog'ishi sabab bo'lgan.

Bir kun avval Rikoti dovonida toshlarning qulab tushishi Tbilisidan G'arbiy Gruziyaga poyezdlar harakati to'silib qolishiga olib kelgan edi. Poyezdlar harakatini qayta tiklash kamida ikki kun vaqtni talab etadi, deb xabar beradi mir24.tv.