Ko'chki tufayli qoyaning bir qismi qulab tushdi. Ko'chki deyarli butun hududni qamrab oldi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, qurbonlar yo'q. Odamlar xavfsiz masofaga qochishga ulgurishdi.
Xristian monastiri Tbilisidan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan. U yerga tez-tez ziyoratchilar va sayyohlar kelib turadi.
3-avgust kuni Gruziyadagi Shovi kurortida ham ko'chki sodir bo'lgan edi. O'shanda 31 kishi tabiiy ofat qurboniga aylangan edi, deb xabar beradi mir24.tv.