Tog'li Shovi qishlog'ida qidiruv ishlari davom etmoqda. U yerda 400 dan ortiq harbiy va qutqaruvchilar ishlamoqda. Ichki ishlar vazirligi yana sakkiz kishi bedarak yo'qolganligini ma'lum qildi.
3-avgust kuni tog'li Shovi qishlog'ida ko'chki yuz berdi. Tabiiy ofat oqibatida ko'priklar vayron bo'ldi, yo'llar, mashinalar zarar ko'rdi. Tabiiy ofat hududidan 200 dan ortiq odam vertolyotlarda evakuatsiya qilindi, deb xabar beradi mir24.tv.