баннер
22 Fev 2025
11:16

    G.Turdimuratovni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

    Mamlakatimizda tomorqachilik faoliyatini rivojlantirish, jumladan, meva-sabzavotchilik va ko‘chatchilikni samarali yo‘lga qo‘yish, mo‘l va sifatli hosil yetishtirish orqali aholi farovonligini ta’minlashga qo‘shayotgan munosib hissasi, har qarich yerdan unumli foydalanib, o‘zining tashabbuskorligi, omilkorligi, boy tajribasi va mehnatsevarlik fazilatlari bilan boshqalarga shaxsiy namuna ko‘rsatib kelayotgani hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi Turdimuratov Genjemurat Dauletmuratovich «Do‘stlik» ordenibilan mukofotlansin.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Sh.Mirziyoyev

    Telegram kanalimiz
    Text to speech