Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB izoh berdi.

“GUANGZHOU MEDICAL of CHINA” MCHJ mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 2-qismi “b” bandi (“Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, shuningdek dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. 

Jinoyat ishi doirasida mazkur klinikaning Toshkent shahridagi va boshqa viloyatlardagi filiallarida tekshiruv oʻtkazilgan. Hozirda Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.